Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman Chim mahallasida yashovchi fuqaroning yo‘l masalasidagi murojaati muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ushbu murojaat Qamashi tumani xalq qabulxonasi mudiri, mahalla mas’ullari va tuman kadastr agentligi xodimi tomonidan joyida o‘rganildi. O‘rganish davomida Qamashi tumani Chim va Paxtaobod mahallasi chegaralari o‘rtasidagi “Dilorom Eshqobilova” fermer xo‘jaligi ochiq maydonida bir oila yakka 1 ta uy qurib istiqomat qilib kelmoqda.

Ushbu yer uchastkasiga 2018 yilda 6 sotixga kadastr hujjatlari qilingan, 2019 yilda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qonuniylashtirish bo‘yicha, egalik huquqini berish to‘g‘risidagi o‘tkazilgan aksiyasida egalik huquqini belgilovchi qaror berilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ushbu holat hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Fuqaroga fermer xo‘jaligi yeridan yo‘l qilish mumkin emasligi to‘g‘risida tushuntirildi. O‘rganish natijalari yuzasidan yana qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi

Введите текст заголовка