Chim bozori aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida taʼmirlanishi belgilangan

Chim bozori aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida taʼmirlanishi belgilangan

– Bozorning yangi koʼrinishga keltirish boʼyicha loyiha ishlari yakuniga yetkazilib, bozorda qurilish va taʼmirlash ishlari boshlanmoqda, – deydi Chim savdo yoʼli dehqon bozori raisi Murod Islomov. – Shu sababli taʼmirlash ishlari olib boriladigan joylarda savdo qilgan tadbirkorlarga bozor hududining boshqa qismidan vaqtincha joylar ajratilmoqda.Taʼmirlash ishlari toʼliq yakuniga yetgandan soʼng tadbirkor va xaridorlar uchun qulaylik yaratiladi va bozor odatdagi tartibda faoliyatini davom ettiradi.