ICHKI ISHLAR ORGANLARI XALQCHIL TUZILMAGA AYLANTIRILADI

ICHKI ISHLAR ORGANLARI XALQCHIL TUZILMAGA AYLANTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil 20 yanvar kunidagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli Qaroriga ko‘ra, “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi to‘g‘risida”gi Kodeksi tasdiqlandi.

Davlatimiz rahbarining mazkur Qarorida ham “2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” da ko‘zda tutilgani kabi ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari va keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, qonun ustuvorligi, tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek mazkur Qarorda;

– Ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish bo‘yicha nomzodlarni tanlashning adolatli, xolis va shaffof tizimini yaratib, o‘rnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar;

– Har bir xodim ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilingan kundan e’tiboran Kodeks qoida va talablarini bilishi, ularga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishi majburiyligi;

– Egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishining xususiyatidan qat’i nazar, ularning barchasiga birdek tatbiq etilishi belgilangan.

Quyidagilar jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi:

– ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, soha bo‘yicha ijtimoiy fikrni o‘rganish va tizimli monitoring olib borish;

– ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ijtimoiy fikr va jamiyat manfaatlari hisobga olinishini ta’minlash choralarini ko‘rish;

– ichki ishlar organlari faoliyatidagi korrupsiya holatlari bo‘yicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlarni batafsil o‘rganish va uning natijasini keng jamoatchilikka yetkazish.

– ichki ishlar organlari xodimlarining «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xizmat olib borishini ta’minlovchi ushbu qaror Ichki ishlar organlari xodimlarining istiqboldagi o‘sishlari hamda xizmat olib borishning yangi bosqichga o‘tishiga xizmat qiladi.