Sud hujjatlari ijrosi yuzasidan muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi

Sud hujjatlari ijrosi yuzasidan muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi

Jinoyat ishlari bo’yicha Qamashi tumani sudida jinoyat ishlar bo’yicha Qamashi tumani sudi va majburiy ijro byurosining tuman bo’limi xodimlari ishtirokida sud hujjatlari ijrosini yanada yaxshilash, ijro jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan qo’shma yig’ilish o’tkazilib, sud hujjatlarining ijrosi xususidagi holat muhokama qilindi.

Tadbirda tuman sudi raisi A.O’rolov sud hujjatlari ijrosi dolzarb ahamiyatga egaligi, “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida adolatli sud tizimi shakllanayotgani hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga qaratilganligi xususida so’z yuritdi. Shungdek, sud qarorlari bo’yicha chiqarilgan ijro varaqalarini amalda ijro etilishi muhokama qilinib, kelgusida bu borada ijro harakatlarini jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilsb olindi.