Yangi Oʻzbekistonda “Aholini ro‘yxatga olish” ilk bor oʻtkaziladi

Yangi Oʻzbekistonda “Aholini ro‘yxatga olish” ilk bor oʻtkaziladi

Aholi sonini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil va eʼlon qilishning yagona jarayonidir.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida hali biror marta bunday hisob-kitob ishlari olib borilmagan. Bunday sanoq soʻnggi bor sobiq ittifoq davrida, aniqrogʻi, 1989-yilda oʻtkazilgan edi. Holbuki, xalqaro tajribadan maʼlumki, koʻpgina mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish tadbiri kamida har oʻn yilda bir marotaba tashkillashtirilishi anaʼnaga aylangan. Respublikamizda ham endi ana shunday muhim jarayon yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻz navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash boʻyicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʻynaydi.

Har bir maʼmuriy-hududiy birliklar kesimida yaʼni, viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aniq aholi soni Respublikani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar boʻyicha manzilli dasturlarning tayyorlanishi, jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki mahsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni shakllantishish uchun ilmiy izlanishlarda foydalanish, milliy barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha indikatorlarning shakllanishi xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrnini oshirish, barcha darajadagi demografik holatlar yaʼni, aholining yoshi, jinsi, millati, kam sonli aholisi bor millatlar, maʼlumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari, hozirgi demografiyaning aniq hisobi va kelajakdagi prognozi, Respublika, viloyat va tuman darajasidagi budjetlarning aniq shakllantirilishi, tuman, shahar, viloyat va respublikada uy-joyga boʻlgan ehtyojni aniqlash, uzoq va chegaradosh hamda chegaradan tashqari hududlar aholi maʼlumotlarini aniq hisobini shakllanishi shular jumlasidandir.