
KUZNING HAR BIR KUNI IMKONIYAT, BU IMKONIYATDAN UNUMLI FOYDALANIB DAROMADNI KO‘PAYTIRING Qamashi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga MUROJAATI
Hurmatli fermerlar!
Tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, fermer va dehqonlarimiz 1 million gektardan ortiq maydonda chigit qadab, mashaqqatli mehnatlar evaziga moʼl hosil yetishtirdi. Barchamiz yaxshi tushunamizki, shu kunlarda kuzatilayotgan iqlim oʼzgarishlari, bahorni seryogʼin va salqinligi, kuzda havo haroratini keskin tushib ketishi kabi koʼplab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, qishloq xoʼjaligi ekinlari, xususan paxtadan moʼl hosil yetishtirish – chinakam jasorat va matonat namunasidir. Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi va irrigatorlar, oʼz ishining haqiqiy ustasi boʼlgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni koʼradi va el-yurt dasturxonini toʼkin qilish yoʼlidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.
Аziz fermerlar!
Qishloq xoʼjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasida Sizlarga qator imtiyozlar berildi, moddiy manfaatdorligingizni oshirish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Prezidentimizning 2023 yil 12 dekabrda qabul qilingan PF-205-sonli “Qishloq xoʼjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga koʼra, fermer xoʼjaliklar va klasterlar oʼrtasida paxta xom ashyosini yetkazib berish boʼyicha fьyuchers shartnomalari birja savdolari orqali tuziladigan boʼldi. 2024 yildan amal qilishni boshlagan ana shunday fьyuchers shartnomasiga koʼra, yetkazib berilishi lozim boʼlgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, jumladan klaster bilan fьyuchers shartnomasi tuzmagan holda, oʼz mablagʼlari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar birja orqali tadbirkorlik subʼektlariga sotadi yoki (va) qayta ishlashga ruxsat berildi.
Fyuchers shartnomasida koʼrsatilgan miqdordan ortiqcha yetishtirgan paxta xom ashyosini fyuchers shartnomasi tuzgan klasterga toʼgʼridan-toʼgʼri sotishingiz, qayta ishlashdan olingan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va oʼlik paxta)ni birja orqali xaridorga yetkazib berish imkoniyati yaratilgan edi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 iyulda qabul qilingan “Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoni esa agrar tarmoqda faoliyat yuritayotganlar uchun yangi davrni boshlab berdi. Unga koʼra, fermerlarga yetishtirgan paxta hosilini klasterlar hamda paxta xom ashyosini qayta ishlash va ip kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʼqimachilik korxonalariga sotishga ruxsat berildi.Endi yurtimizning barcha hududlarida paxtachilik yoʼnalishidagi fermer xoʼjaliklari ixtiyoriy kooperatsiyalar tashkil etish mumkin. Shuningdek, qarzdor boʼlgan fermer xoʼjaliklari va klasterlar oʼrtasida tuziladigan solishtirish dalolatnomalari hamda sud qarorlari asosida undirilgan mablagʼlar klasterlarning Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi oldidagi qarzdorligini qoplashga yoʼnaltirish vazifasi belgilandi.
Qadrli fermerlar!
Аyni kunlarda siz yetishtirgan va yigʼib-terib olayotgan paxta hosili hisobidan paxta-toʼqimachilik klasterlari bilan oʼzaro qarzdorliklar boʼyicha solishtirma dalolatnoma rasmiyshlashtirib, fermerning klaster oldidagi, jumladan klasterning fermer oldidagi mavjud qarzdorliklarini bartaraf etish imkoniyati paydo boʼldi.
Qamashi tuman fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bu borada sizning manfaatingizni himoya qilish, haqdorligingizni undirish boʼyicha barcha zarur choralarni koʼradi. Shu bilan birga, paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yigʼib-terib, olingan moʼl hosil hisobidan fermer xoʼjaliklarining klasterlar oldidagi qarzdorligini soʼndirishingiz ham oʼzaro munosabatlarda ijobiy taʼsir koʼrsatishini yana bir bor taʼkidlaymiz