
Hududimizni ozoda saqlash har birimizning burchimizdir
Ijtimoiy tarmoqlarda Qamashi tumani O’zbekiston mahallasi hududidagi ko’p qavatli uylarning chiqindilarini olib ketilishi yuzasidan murojaat e’lon qilindi.
Qamashi tumanida aholi xonadonlari va tashkilotlarning maishiy chiqindilari «Qamay-Qorasuv-Ekos» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib ketiladi. Jamiyat zarur texnikalar bilan ta’minlangan bo’lib, tumandagi barcha mahallalar aholisi uchun xizmat ko’rsatadi. O’zbekiston mahallasi hududidagi ko’p qavatli uylar xonadonlari uchun ham belgilangan rejaga muvofiq haftaning chorshanba va shanba kunlari xizmat ko’rsatib kelmoqda. Aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashlashi uchun 4 dona maxsus chiqindi tashlash qutilari o’rnatilgan.
Shu o’rinda, aholimizdan chiqindilarni duch kelgan joylarga tashlamasligini so’rab qolamiz.