
Noqonuniy chiqarilgan qaror bekor qilindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi tergov sudyasi tomonidan 2025 yil boshidan hozirga qadar davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining 109 ta qarorlari noqonuniy chiqarilganligi uchun bekor qilingan.
Misol uchun, Qamashi tuman Davlat soliq inspeksiyasining 2024 yil 18 dekabrdagi QKSH2424006992896-raqamli qarori bilan N.Eshmuradovga «КАМРОНБЕК ЮРАЕВ» xususiy korxonasining 2024-yil noyabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq hisobotini o’z vaqtida taqdim etmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 175-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida, ya’ni 3.750.000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Sud jarayonida, N.Eshmuradov Qamashi tumanidagi «КАМРОНБЕК ЮРАЕВ» xususiy korxonasining rahbari emasligi, hattoki ushbu oilaviy korxonaga hech qanday aloqasi yo‘qligi aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining 2025 yil 3 fevral kungi qaroriga ko‘ra, Qamashi tuman DSIning 2024 yil 18 dekabrdagi QKSH2424006992896-raqamli qarori bekor qilinib, N.Eshmuradovning harakatida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 175-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomati mavjud emasligi sababli, ish MJtK 271-moddasi 1-bandiga asosan tugatilgan.
T.Samiyev,
Jinoyat ishlari bo’yicha Qamashi tuman sudi tergov sudyasi