Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda «Qamashi tumanida yo‘l bo‘yidagi xonadonlar egalari quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgan ekan» mavzusida tarqalgan xabar muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Tumanda nafaqat yo‘l yoqasida, balki barcha 61 ta mahallada «O‘zbekiston 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi 16-sonli Farmon talablaridan kelib chiqib, respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik «yashil energiya» stantsiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stantsiyalari tarmog‘ini kengaytirish, aholi xonadonlarida Quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish talablari va uning afzalliklari bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Qamashi tumani mahallarining ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish borasida targ‘ibot ishlari boshlangan.
Tumandagi barcha mahallalarda aholining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yashil energiyaning afzalliklarini tushuntirish borasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Tajribada kuzatilayotgan – Quyosh panellaridan daromad olish borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Aksariyat fuqarolarimiz Quyosh panellarining afzalliklarini tushungan holda o‘z xonadonlariga muqobil energiya manbasini o‘rnatmoqda.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq yurituvchilariga hech qanday asosga ega bo‘lmagan va yolg‘on axborotlarni tarqatish qonunchilikda javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.