
Munosabat
Qamashi tumani Chim mahallasida fuqarolarning o’zaro kelishmovchilgi yuzasidan murojaat e’lon qilindi.
Ushbu holat yuzasidan mahalla mas’ullari, tuman kadastr rahbari ishtirokida o’rganish olib borildi. O’rganish natijasida kadastr hujjatlarida Raxmatullayev G’afforga tegishli bo’lgan xonadondan qo’shnilarga suv tarmog’i tortilgan bo’lib, hozirda fuqaro Ilhom Raxmatullayev uy-joy qurishni rejalashtirgani uchun quvurni boshqa joydan olib o’tilishini so’ramoqda. Bundan qo’shnilari noroziligini bildirishgan. Fuqarolarni o’zaro kelishtirish uchun harakatlar natija bermagach, sud orqali ishlarini qonuniylashtirish tavsiya etilgan.