
E’LON
E ’ L O N
Urug‘lik paxta, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi subyektlar rahbarlari diqqatiga!
2023-yilning 15-yanvaridan 5-fevraliga qadar Qamashi tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosida 2023-yil hosilidan urug‘lik paxta, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar urug‘chiligini yetishtirish huquqini qo‘lga kiritish uchun subyektlar o‘rtasida tender tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari quyidagi xujjatlar to‘plamini 3 nusxada tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida tuzilgan tanlov komissiyasiga 1-fevralgacha taqdim qilishlari so‘raladi.
1.Tender komissiyasi nomiga ariza
2.Fermer xo’jaligi nomidan tilxat
3.Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining yer masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ma’lumotnomasi
4.Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma
5.Irrigatsiya bo‘limi ma’lumotnomasi
6.O‘simliklar karantini va ximoyasining tuman filiali tomonidan berilgan ma’lumotnoma
- Fermer xo’jaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi)
- Fermer xo’jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar)
- Fermer xo’jaligi ishlayotgan urug‘chi hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi)
10.Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma
11.Agroinspeksiya tuman bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi
12.So‘ngi 3 yil ichida ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olingan hosildorlik va shartnomaviy rejaning bajarilishi bo‘yicha klaster korxonasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
Xujjatlarni qabul qilish 2023 yilning 1 fevral kuni soat 18:00 da to‘xtatiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998979547415 va +998916337799 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.