Hayot bu – vaqt

Hayot bu – vaqt

Inson uchun eng qadrli narsa nima?

Hayot. Chunki, bizning barcha quvonchlarimiz, butun baxtimiz, jamiyki umidlarimiz faqat hayot bilan bog’liq. Shunday yashamoq kerakli, hayotga cheksiz talablar qo’yish mumkin bo’lsin.Vaqt- go’yo hayot kiymin to’qiladigan ipak bólib, uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz va bebaho bóladi. Yashamoq his etish, mulohaza yurutish, dard chekish va rohatlanish.Bulardan boshqa har qanday holat o’lim.Agar ipak sifatsiz va to’zg’igan bólsa hayot ham tuban, mazmunsiz kechadi.Vaqtning yana bir xususiyati – agar u o’tib ketsa, qaytib ketmaydi.Shu bois ham inson o’z hayotining  har bir daqiqa va lahzasidan unumli hamda barakali foydalanib, uni yaxshi amallar qilishga sarflash kerak deb o’ylayman.

Ulug’ ajdodlarimiz vaqtning qanchalik biz uchun qadirli ekanligini, ta’kidlashgan. Ular » Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi»- degan hikmatli so’zlarga amal qilishgan.Uzoqlarni yaqin qiladi, umirlarni qisqartiradi, yoshlarni qaritadi, keksalarni boqiylik sari yetaklaydi.Dono xalqimizda yana bir maqol bor «Vaqtning ketdi, baxting ketdi».

Aslida vaqtning ham isrofi bo’lib, vaqtning isrofi bu umrning isrofidir.Umr behuda sarf bo’ldimi demak behuda ishlarni qilib yaxshi ishlarni amalga oshira olmaydi.Vaqt kutganlar uchun sekin, qo’rqqanlar uchun tez o’tsa, qayg’uga botganlar uchun juda uzoq, tuyuladi.Modomiki hayot juda qisqa, bo’sh vaqt esa juda oz ekan, biz uni sayoz kitoblarni, o’qishga isrof qilmasligimiz kerak.

Qulbulov Islombek,

O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti talabasi