Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2024-yil 29-avgustdagi 16-son bayonnomasi bilan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi”ga va viloyat hokimining “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” profilaktik tadbirini o‘tkazish toʻgʻrisida”gi Farmoyiga asosan, Qamashi tuman hokimligida ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, deputalar, blogerlar va fuqarolar ishtirok etishdi va tuman hokimligining korrupsiyaga qarshi kurash faoliyati yuzasidan qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Tadbirda tuman hokimi Xurshid Usmonov ishtirok etdi.