Muhabbati tufayli sanʼatga kirgan inson

Muhabbati tufayli sanʼatga kirgan inson

Sanʼat moʻjizadir. Yurak va miyaning shunday xilvat joylari borki, unga faqat sanʼat vositalari orqali kirish mumkin.

Sanʼat umuman bu olam vakillari tashqi dunyosi hamda ichki dunyosi gʻaroyibotlarga toʻla insonlardir. Ular hayotga undagi jamiki barcha narsalarga moʻjiza sifatida qaraydi va ulardan koʻz-koʻrib quloq eshitmagan voqealarni yarata oladi.

Ana shunday, moʻjizalar kashfiyotchilaridan biri 6-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi Alisher Suyunovdir.

45 yildan beri oʻqituvchilik qilaman,- deydi qahramonimiz.  Qirq besh yillik faoliyati davomida 1000 dan ziyod shogirdlariga ega boʻlgan ustozning hozirgi kundagi yutuqlari salmoqli darajada. Xalqaro tanlovlarda doimiy ishtirok etib kelayotgan shogirdlari faxrli oʻrinlarni olishgan.

Qahramonimiz rassomchilikka mehr qoʻyishimni sabablaridan biri “birinchi muhabbatim” deya taʼkidlab kamtaringina jilmayib qoʻyadi.

Oʻsha paytlarda men hali maktabda oʻqirdim. Esimni tanib oq-u qorani ancha-muncha ajrata bilganman. Men bilan bir sinfda oʻqiydigan qiz ham bor edi. U har doim daftarchasiga rasm solib berishimni iltimos qilardi. Shu orada men bu qizni yoqtirib qoldim, unga his tuygʻularimni xatlar orqali bildirardim. Shu tarzda maktabni bitirdik men  Toshkentga rassomlik universitetiga oʻqishga kirdim. U qiz esa Moskvaga qarindoshlarini oldiga joʻnab ketdi. Shu bilan boshqa koʻrishmadik.

Yaqindagina oʻsha qiz meni izlab kelgandi va men bergan xatlarni hamda chizib bergan rasmlarimni hali xanuz saqlab qoʻyganligini koʻrdim, – deb xayratlanib gapirdi suhbatdoshimiz.

Shoir his-tuygʻularini soʻzlarda ifodalaydi, bastakor kuylarda rassom esa uni moʻyqalamida aks ettiradi. Qahramonimiz “Yaratilayotgan asarni avvalo rassom oʻzi his qilish kerak” deya shogirdlariga koʻp bora aytar ekan. U bu soʻzlarini oʻziga shior qilib olgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Yana Alisher Suyunov IX- XIV asrlarda Imon al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Farobiy kabi allomalarimiz poʻrtanadik otilib chiqib, sharqda ilk renisans boshlanishida asos boʻlgan. Biz endi uchinchi renisans poydevorlarini tarbiyalashimiz kerak. Men qachon oʻzimdan mamnun bo’laman qachonki, shogirdlarim ulkan marralarga erishganda,- deb gapirib oʻtdi ustoz. Ayni damda 27 nafar oʻquvchiga rassomchilik sir-asrorlarini oʻrgatayotgan nihoyatda, begʻubor hamda kamtar ustozimiz kelajakda shogirdlarim buyuk- buyuk asarlar yaratishiga chin dildan ishonadi.

Hozirgi kunda yoshlarga prezidentimiz tomonidan koʻplab imkoniyatlar yaratilmoqda bu imkoniyatlardan unumli foydalanish har bir yoshning oʻz qoʻlida afsuski, baʼzi bir yoshlarni koʻrib achinib ketasan kishi, ular hayotga juda yengil qaraydi. Hayot biz oʻylaganchilik oson emas. Balki, bu yoshlikdagi xoy-u havaslardir ammo, ular bir narsani tushunishmaydi. Hayot u eshikdan bu eshikkacha chiqishga berilgan vaqtdir. Bu vaqtda hamma narsaga ulgurib yashashimiz kerak. Yaxshilik, savob amallarni koʻproq qilib oʻzimizdan yaxshi nom, yaxshi iz  qoldirishimiz lozim.

Muxlisa Tog`ayeva, Qoraqolpog`iston Davlat universiteti talabasi