Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qamashi tumani Ibn Sino mahallasi Ibn Sino ko‘chasining bir qismi ta’mirtalabligi yuzasidan fuqarolar murojaati muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Holat yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sherali Amanturdiyev, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ushbu ko‘chadi yashovchi aholi vakillari bilan muloqot qildi.
O‘rganish davomida lavhada ayrim fuqarolar tomonidan ko‘cha shag‘allashtirilmaganligi to‘g‘risidagi gaplari o‘z tasdig‘ini topmadi. Ko‘chanining ayrim joylari asfalt qilinganli, biroq hozirda ta’mirga muhtoj ekanligi ma’lum bo‘ldi. 2024 yil davomida tumanda 50 kilometr yo‘llar asfalьt qilinganligi, shu jumladan Ibn Sino mahallasida 2.8 km yo‘l asfaltlashtirilganligi aytildi.
Fuqarolar bilan muloqot davomida ichki yo‘llarni «Tashabbusli byudjet» loyihasi orqali asfalt qilish mumkinligi tushuntirildi. Bu borada mahalla mas’ullariga ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, suhbat davomida lavhada jarohatlangan inson voqeasi bu ko‘chaga aloqasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq yurituvchilaridan yolg‘on ma’lumotlar tarqatish Qonunlarga zid ekanligini eslatib o‘tamiz.