Munosabat

Munosabat

2022-yil noyabr oyida Qamashi tumanidagi 4K 340 «Qamashi -Chimqo‘rg‘on» avtomobil yo‘lining  06-08 km oralig‘ida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari boshlangan.

Tuman aholisi ijtimoiy tarmoqlar orqali ta’mirlash ishlarining yakuniga yetkazilmayotganligi borasida murojaat yo‘llashdi.

Ushbu holat yuzasidan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Sherzod Almardonov quyidagilarni bildirdi.

Hozirda ushbu yo‘lning uzunligi 400 metr eni 19,30 metr qismida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yo‘l 2 qatnovli yo‘ldan 4 qatnovli yo‘lga aylantiriladi va yuzaga kelayotgan tirbandlik kamayishiga erishiladi. Yo‘lning zichlash ishlari yakunlangan. Shuningdek, yo‘l chetiga beton ariqlar, yo‘lni ikkiga ajratuvchi beton to‘siqlar va tunggi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan.

Qish mavsumida tabiiy gazni aholiga berilmoqda.Shuning uchun asfalt tayyorlash korxonasi to‘liq quvvatda ishlamayapti. Natijada asfaltlash ishlari kechikmoqda.Korxona to‘la quvvatda ish boshlashi bilan ushbu yo‘l to‘liq asfalt qilinadi va foydalanishga topshiriladi.