#Munosabat
Qamashi tumani O’rta Dara mahallasi Boshdara qishlog’ida yashovchi fuqaroning xonadonida subsidiya asosida qurib berilgan issiqxonaning foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolganligi to’g’risidagi murojaati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o’rtasida keng muhokamalarga sabab bo’ldi.
Ma’lum bo’lishicha fuqaro Aktam Xoliyorovning qo’shimcha daromad topishi uchun 2022-yilda xonadonida subsidiya asosida issiqxona qurib berilgan. 2022-2023-yil qish mavsumida ushbu issiqxona foydalanishdan chiqqan.
Ushbu holat ta’minotchi korxona tomonidan bartaraf etilib, issiqxona to’liq ta’mirlandi. Shu o’rinda fuqarolardan ham issiqxonalardan foydalanishda e’tiborli bo’lishlarini so’raymiz.