#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qamashi tumani «Uzun MFY» Tong koʻchasini ta’mirlash loyihasi «Mening yo’lim» loyihasida ishtirok etib, g’oliblar qatoridan joy olmaganligi, lekin 2000 dan oshiq ovoz olganligi hamda qo’shimcha mablag’ ajratilmasdan ta’mirlash ishlari boshlanmaganligi to’g’risida murojaat e’lon qilindi.
“Ochiq byudjet” orqali 2023 yil 1 mavsumda “Mening yoʼlim” loyihasida Qamashi tumanida 61 ta takliflar kelib tushgan.
Eng koʼp ovoz olgan 2 ta loyiha: Sarkash qishlogʼi (19 161) va Uchtepa qishlogʼi (14 486) yoʼllarini taʼmirlash uchun 2.1 milliard soʼm moliyalashtirilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, Prezidentlik saylovlari targʼiboti vaqtida 1500 dan oshgan loyihalar uchun ham mablagʼ ajratilishi taklif sifatida aytilgan boʼlib, bu qaysi mavsumdan amalga oshishi hali rasman tasdiqlanmagan. Yaʼni, hech qanaqa qonun, farmon yoki qarorda bu qoida rasman aks etmagan.
Ushbu taklif amalga oshsagina gʼolib boʼlmagan 1500 dan oshgan loyihalar uchun mablagʼ yoʼnaltiriladi.