
Munosabat
Qamashi tumani Qorasuv mahallasi fuqarolarining murojaati yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qamashi tumani filiali xodimlari o’rganish ishlarini olib bordi.
Qorasuv mahallasi hududidan 05.06.2023-yilda 0.59 gektar yer maydoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-dekabrdagi 685-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asosan auksion savdosiga chiqarilgan.
Ushbu yer uchastkasi auksion savdosiga chiqarilishidan oldin kadastr palatasi Qamashi tumani filiali mutaxassisi tomonidan o’rganib chiqilganda bu yer kadastr ma’lumotlar bazasida bo’sh turganligi, hech qanday huquqiy hujjat yordamida fuqarolarga ajratilmaganligi aniqlangan. Shunga asosan ushbu yer uchastkasini bo’sh yer sifatida auksion savdosiga chiqarish uchun taklif etilgan. Auksion savdosiga chiqarilishdan oldin tegishli tashkilotlar xulosasi olingan.
Auksion savdosiga chiqqan yer uchastkasini fuqaro Ch. S. 01.08.2024-yilda sotib olgan.
Ushbu fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan bayonnoma davlat ro’yxatidan o’tkazilgan. Bu yer uchastkasi tegishli tartibda auksion savdosiga chiqarilgan va auksion savdosidan sotib olingan.