
Munosabat
«Qashqadaryo ahli» telegram kanalida Qamashi tumanidagi 58-maktabning issiqlik tizimi ishga tushmaganligi va darslar boshlanganligi to`’g’risida video murojaat e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berildi.

Shundan kelib chiqib, Qamashi tumanida maktablar isitish tizimi inobatga olingan holda 96 ta maktabdan 20 tasida qishki ta’til uzaytirilmasdan 2023-yil 11-yanvardan an’anaviy dars jarayonlari boshlanishi belgilangan.
11-yanvardan tumandagi 1, 4, 7, 13, 15, 19, 21, 22, 23, 27, 32, 38, 43, 47, 48, 51, 52, 56, 64, 81-maktablarda darslar an’anaviy tarzda o’tilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo’lgan holatni o`rganish maqsadida tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri 58-maktabga bordi. Maktabga o`quvchilar jalb qilinmaganligi ma’lum bo’ldi.
58-maktabda darslar 18-yanvardan boshlanishi belgilangan.