Qamashi tumani pillakorlari joriy yilgi «kumush tola» topshirish shartnoma rejasini bajardi.
Shu munosabat bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tuman hokimi Xurshid Usmonov so’zga chiqib tumandoshlarimizni zafar bilan qutladi. Unda pilla hosilini yetishtirishda faol bo‘lgan qishloq xo‘jaligi xodimlari, mahalla faollari, kasanachilar e’tirof etilib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Tadbirda dasturxon yozilib, pillakorlar uchun tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari ishtirokida kontsert dasturi bo‘lib o‘tdi.