Qamashi tumanida «Bo’sh ish o’rinlari» mehnat yarmarkasi o’tkazildi

Qamashi tumanida «Bo’sh ish o’rinlari» mehnat yarmarkasi o’tkazildi

Qamashi tumani «Zafar» MFY Istirohat bog’ida mahallalardagi ishsiz va uyushmagan hamda bitiruvchi yoshlar uchun «Bo’sh ish o’rinlari» mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Shuningdek, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash bo’yicha ham mavjud bo’sh ish o’rinlari taklif etildi.

Tadbirda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbarlari ishtirok etib, ishsiz fuqarolarning ishga joylashishini nazoratga oldi.

Ushbu yarmarkada 180 nafar ish bilan band boʻlmagan fuqarolar ishtirok etdi.

Shuningdek, 23 tashkilot va korxonalar o’zlarining 141 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdi.

6 nafar fuqaro doimiy ish oʻrinlariga joylashtirildi.

«Qarshi Conch sement» MCHJga ishlash istagida bo’lgan 16 nafar yoshlar bilan shartnomalar tuzildi.

70 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi bo’yicha maslahatlar berildi.

“Ayollar daftari” ga kiritilgan 16 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.