
Qamashi tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2024 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo‘yish to‘g‘risida
Qamashi tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2024 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo‘yish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi “Aholini bandligi to‘g‘risida”gi OʼRQ-642-son Qonunining 9-bob 38,39,40,41,42,43-moddalari (Qonun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2020 й., 03/20/642/1396- son), O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008 yil, 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 11.12.2017 yil 09/17/965/0393-son) asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2024 yil uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish maqsadida
Q A R O R Q I L A M A N :
- Ijtimoiy muhofazaga muhtojlarning soni o‘zgarishiga qarab ular uchun belgilanadigan ish o‘rinlarining eng kam soni va ularga qo‘yiladigan talablarni aniqlash uchun maxsus komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Qamashi tumani bo‘yicha 2024 yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha sonining 10 foizi miqdorida, bu 105 kishini (2-ilovaga muvofiq) tashkil etadi.
Shu jumladan:
-o‘n to‘rt yoshgacha bolalari bo‘lgan va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar uchun 14 foiz (15 kishi);
-umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari 75 foiz (79 kishi);
-safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar 2 foiz (2 kishi);
-nogironlar uchun 3 foiz (3 kishi);
-pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun 2 foiz (2 kishi);
-jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar 2 foiz (2 kishi);
-odam savdosi qurbonlari uchun 1 foiz (1 kishi);
-atrofdagilar uchun xavf to‘g‘dirmaydigan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklardan azob chekuvchi shaxslar uchun 1 foiz (1 kishi).
- Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish o‘rinlari xodimlar tomonidan o‘zlarining mehnat majburiyatlarini to‘siqlarsiz bajarishini ta’minlaydigan sanitariya-gigiyena normalariga va mehnat sharoitlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlasin.
Bunda:
-nogironlar uchun salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan belgilangan talablar hisobga olingan holda mehnat vazifasini to‘siqsiz bajarish imkonini beruvchi ish joylari;
-yoshlar uchun, ular umumta’lim muassasalarini tamomlaganlaridan keyin ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;
14 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bajarishni birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi, o‘zgaruvchan jadvalli ish joylari;
jazoni ijro etish muasasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish o‘rinlari hisobga olinsin.
- Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun zahiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish o‘rinlari zahiraga qo‘yilishi va tayyorgarligini ta’minlashi, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Kambagallikni yaxshilash va bandlikka qo’shish bo’limini xabardor qilinsin.
- Muhtojlar uchun ish o‘rinlarining qolgan qismini zahiraga qo‘yish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida ta’minlashi, bu haqda tuman Kambagallikni yaxshilash va bandlikka qo’shish bo’limiga birinchi chorak tamom bo‘lganidan so‘ng, 10 kundan kechikmay xabardor qilinsin.
- Ushbu qarorda nogironlar uchun zahiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish o‘rinlari tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlar belgilansin.
- Muhtojlar uchun ish o‘rinlarini zahiraga qo‘yish bo‘yicha tuman hokimining qarorini bajarmagan korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxsiga, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik belgilanganligi koʼrsatib oʼtilsin.
- Barcha korxona, tashkilot va muassasalar har oyda hisobot oydan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Kambagallikni yaxshilash va bandlikka qo’shish bo’limiga 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha muhtojlarni ishga joylashtirish to‘g‘risida ma’lumot taqdim etsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi (AV ro‘yxat raqami №-3163-son, 31.05.2019 yil) buyrug‘iga asosan, subsidiyalar ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganligini hisobga olgan holda, ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorida ishga qabul qilgan korxona va tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oyi davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida haq to‘lash tavsiya etilsin.
- Tuman Kambagallikni yaxshilash va bandlikka qo’shish bo’limi (Sh.Bekmurzayev)ga:
bir hafta muddatda mazkur qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlar e’tiboriga yetkazilishini ta’minlasin.
- Tuman hokimining 2022 yil 30-sentabrdagi 381-4-58-Q/22-sonli qarori 2023 yil 31-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari N. Mo’minov zimmasiga yuklatilsin.
- Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Tuman hokimi X. Usmonov