
Qamashida MIB tomonidan yil boshidan 7 ta oilaga quvonch qaytarildi
Oilaviy ajrimlar farzandlar hayotiga, ularing ma’naviy va ruhiy holatiga, qolaversa, kelajagiga salbiy ta’sir qiluvchi holatdir. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida Majburiy ijro byurosi organlari ham o‘zlarining sa’yi harakatlarini ayamayapti. Bevosita o‘z kasbiy vazifasi hisoblanmasada, jamiyat oldidagi burch deya bugun oilalarni yarashtirish va saqlab qolish uchun doimiy targ‘ibot tadbirlarini olib borayotgan Byroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan o‘tgan 2022 yilda 5.000 ga yaqin oilalar yarashtirishldi.
Bu ezgu amal Qamashi tumanida ham doimiy davom ettirilmoqda.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha, Yakkabog‘ tumanlaoaro sudining 28.12.2022 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.X.dan undiruvchi D.M. foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Byuroning Qamashi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu oila yarashtirilib, 2 o‘g‘il otasi bag‘riga qaytdi.
Shuningdek, yil boshidan B., X., E., B., J. hamda E.lar oilalari ham yarashtirildi.
O‘tkir Eshqobilov – MIB Qamashi tuman bo‘limi davlat ijrochisi