Qamashida Yangi bozor foydalanishga topshirildi

Qamashida Yangi bozor foydalanishga topshirildi

Uzoq yillar davomida aholiga xizmat koʼrsatib kelgan, Qamashi tumanida joylashgan “Qamashi Fayz” dehqon (oziq-ovqat) bozor hududining umumiy yer maydoni (savdo rastasi hamda savdo va xizmat koʼrsatuvchi turgʼun shaxobchalar) bilan 1.56 gektar maydonni tashkil etadi.

Mazkur bozorda 72 ta savdo doʼkoni va 255 ta savdo-sotiq qilish uchun yer maydoni bor.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi “2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruktsiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʼgrisida”gi PQ-2853-sonli Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, “Qamashi Fayz” dehqon oziq-ovqat bozori MChJni rivojlantirish uchun 2017-yil 4-dekabrdagi X-1192/12-sonli va 2018-yil 24-apreldagi Qamashi tuman hokimining Qaroriga asosan 2018-yilda eski bozordan 900 metr uzoqlikda yangi bozor qurilish ishlari boshlangan.

Qurilishning umumiy loyiha qiymati 45,8 mlrd soʼm va umumiy yer maydoni 7,6 gektarni tashkil etadi.
Bugungi kunda bozor hududida tuman Mikrokredit bankning 2.7 mlrd.soʼm kredit mablagʼi hamda tadbirkorlarning oʼz mablagʼlari hisobidan qoʼyidagi bino-inshoatlar qurilish ishlari olib borilgan.
1. Bir qavatli 319 dona savdo doʼkonlari.
2. Bir qavatli 20 dona goʼsht do’konlari.
3. Savdo rastalari (1-naves) 378 oʼrinli.
4. Bir qavatli 1 dona oshxona binosi.
5. Bir qavatli 12 ochkoli 2 dona hojatxona.
7. Maʼmuriy bino
Bundan tashqari bozor hududiga kirmagan, lekin bozorga tutash hududiga kirgan:
1.Ikki qavatli 8 dona supermarketlar.
2. Bir qavatli 5 dona savdo doʼkonlari.
3. Toʼrt tomonda alohida avtoturargohlar.

Аholi va tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida bozor hududini koʼchirish toʼgʼrisida 2022 yil 29 avgust sanasida Xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasida ham koʼrib chiqilgan. Deputatlar mazkur holatni oʼrgangandan soʼng bozor hududini koʼchirish boʼyicha qaror qabul qilishgan.

Shuningdek, bozor hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar oʼrtasida Oqguzar massividagi yangi bozorga koʼchish yuzasidan soʼrovnoma oʼtkazilgan. Unda ishtirok etganlarning 90 foizi eski bozorning zamon talablariga mos emasligi sababli yangi bozorga koʼchish istagini bildirishgan.