Qiziltomliklar murojaatlari o’rganildi

Qiziltomliklar murojaatlari o’rganildi

Qiziltom qishlog‘i Qamashi tumani markazidan 85 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ushbu qishloqda 107 nafar oila istiqomat qiladi.

Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov ushbu qishloqdagi fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida 2024 yil 9 iyun kuni tegishli mutasaddilar yordamida qishloq hududida sayyor qabul o‘tkazgan. Qabul davomida fuqarolarning yo‘l infratuzilmasi, tibbiyot, elektr ta’minoti va boshqa masalalradagi murojaatlari tinglangan. Xususan, qishloqqa yo‘l daryo bo‘ylab kelishi, sel oqimi doimiy ushbu yo‘llarni yuvib ketishi avtomobil yo‘lini zararlab kelishi ta’kidlangan. Bu esa mazkur yo‘lni to‘liq ta’mirlash imkoni yo‘ligini bildiradi. Yo‘lning ma’lum qismini ta’mirlashni o‘rganish va amalga oshirish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatmalar berilgan.

Shuningdek, qishloqda tibbiy punkt yo‘qligi aholiga noqulaylik tug‘dirib keladi. Hozirda bir nafar tibbiyot xodimi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Bu masalada qishloqqa konteyner tibbiyot punkti tashkil qilish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.

Qishloq maktabi 2021 yilda ta’mirlab berilgan va sharoitlar yaxshilangan. Sinfxonalarning kompyuter bilan ta’minlashi murojaatlari o‘rganilib, joriy o‘quv yilidan kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlanishi belgilangan.