“Tashabbusli budjet” jarayonining navbatdagi bosqichi boshlandi
Siz ham tashabbusli budjet jarayonida faol ishtirok eting va Sizning tashabbusingiz mahallangizda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
2022 yil 1-fevral holatiga ko`ra Qamashi tuman “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 6 milliard 842 million 183 ming so‘m jamg‘arilgan. Ushbu mablag‘ siz yashab turgan hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga sarflanishi mumkin.
“Tashabbusli byudjet” jarayonida ishtirok uchun Sizdan birinchi navbatda «openbudget.uz» axborot portalidan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi. “Ochiq byudjet”, «openbudget.uz» axborot portalida faqat bir marotaba taklif qoldirishi va bir taklifga ovoz berish imkoniyatiga egasiz.
Sizdan, “Ochiq byudjet”, «openbudget.uz» axborot portali orqali jamoatchilik fikri, tadbirda faol ishtirok etishingizni va 2022 yil 20 fevral kuniga qadar o‘z takliflaringizni qoldirishingizni so‘raymiz.
☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 91-962-32-32;