
Yangi yil bayrami munosabati bilan dam olish kunlari tasdiqlandi
Prezident qaroriga asosan, haftasiga 6 kun ishlovchilar ketma-ket 5 kun (29 dekabr – 2 yanvar) dam oladigan boʼldi. Haftasiga 5 kun ishlovchilar esa qatorasiga 6 kun (28 dekabr – 2 yanvar) dam olishadi.
Oʼzbekiston prezidenti “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʼchirish toʼgʼrisida” qaror qabul qildi.
Bugun, 24 dekabr kuni imzolangan qaror bilan, 2025 yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga koʼchirildi. 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qoʼshimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Shu tariqa:
28 dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;
29 dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
30 dekabr, dushanba — 6 kun ishlovchilar uchun qoʼshimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 14 dekabr (shanba) kunidan koʼchirilgan dam olish kuni;
31 dekabr, seshanba — barcha uchun qoʼshimcha dam olish kuni;
1 yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
2 yanvar, payshanba — 6 kun ishlovchilar uchun qoʼshimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 4 yanvar (shanba) kunidan koʼchirilgan dam olish kuni.