«ZOOM» orqali xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

«ZOOM» orqali xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Tuman Kengashining VII-chaqiriq 6-sessiyasi o‘tkazildi. Tuman sektor rahbarlari, deputatlar, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etgan navbatdagi sessiya kun tartibidan tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muhim masalalar joy oldi.

Kun tartibidan Qamashi tumani sektor rahbarlarining 2024 yil IV choragida amalga oshirgan ishlari hamda 2025 yilning I choragiga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash, Qamashi tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2025 yil uchun yer solig‘i stavkalari, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini belgilash, Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024 yil 12 oyi davomida tumanda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha amalga oshirgan ishlari joy oldi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborotlar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.