
“Аholini ro’yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik yuzasidan seminar o’tkazildi
2020- yilning 17- noyabr kuni Qamashi tumanida Axborot kutubxona markazida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2022- yilda o‘tkazilishi belgilangan edi. Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng ko‘lamli, ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab etadigan tadbir bo‘lib, uni o‘tkazish uchun 2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi. Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor o‘tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilandi.
Mazkur seminar ishtirokchilarga Aholini ro’yxatga olish tadbiri yuzasidan to’liq ma’lumot berilib, ushbu jarayonda faol qatnashish muhimligi, mamlakatimiz fuqarolari sonini aniqlash orqali iqtisodiy-ijtimoiy muammolar hal etilishi ko’zda tutilganligi tushuntirildi.
Anvar Soatov,
Qamashi tumani statistika bo`limi bosh mutaxassisi