Sud fuqaroga nisbatan chiqarilgan soliq qarorini bekor qildi

Sud fuqaroga nisbatan chiqarilgan soliq qarorini bekor qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi tomonidan 2024 yil iyul oyiga qadar davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining 109 ta qarorlari noqonuniy chiqarilganligi uchun bekor qilingan.

Misol uchun, Qamashi tuman Davlat soliq inspeksiyasining 2024 yil 29 maydagi PKSH-2424001727312-raqamli qarori bilan O.Sodiqovga «MUHAMMAD TURSUNPO’LATOV» Oilaviy korxonasining 2024-yil mart oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq xisobotini o’z vaqtida taqdim etmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 175-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida, ya’ni 3.400.000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Sud jarayonida, O.Sodiqov Qamashi tumanidagi «MUHAMMAD TURSUNPO’LATOV» Oilaviy korxonasining rahbari emasligi, hattoki ushbu oilaviy korxonaga hech qanday aloqasi yo‘qligi aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining 2024 yil  12 iyul kungi qaroriga ko‘ra, Qamashi tuman DSIning 2024 yil 29 maydagi  PKSH-2424001727312-raqamli qarori bekor qilinib, O.Sodiqovning harakatida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 175-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomati mavjud emasligi sababli, ish MJtK 271-moddasi 1-bandiga asosan tugatilgan.