
Munosabat
Qamashi tumanida bunyod etilgan piyodalar yo‘lagining tunggi yoritish chiroqlari ishlamasdan kelayotganligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Qamashi tumanida piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida Iftixor va O‘zbekiston ko‘chasida 4,8 kilometr masofada»Salomatlik yo‘lagi» tashkil qilingan.
Piyodalar va velosiped yo‘lagi, sayilgoh tashkil qilish ishlari «Qashqadaryo viloyat Obi hayot» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan. Qurilish ishlari doirasida tunggi yoritish chiroqlari ham o‘rnatilgan. Hozirga qadar tunggi yoritish chiroqlar foydalanishga topshirilmagan. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.