Munosabat

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Facebook ijtimoiy tarmog’ida: Agar unga fuqarolar murojaat qilsa, Qamashi tumani hokimligi tomonidan reaksiya bildirilmasligi haqida yozadi.

Ushbu holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, tuman hokimi, sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi tuman bo’limi va tegishli tuman tashkilotlari tomonidan fuqarolar uchun muntazam qabul o’tkazib kelinadi. Ushbu jarayonlar tuman hokimligining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritilib kelinadi. Shuningdek, tumanda «Kambag’allikdan farovonlik dasturiga» ko’ra 61 ta mahalla hududidagi kambag’al oilalarga yangi yil bayrami munosabati bilan sovg’alar taqdim etilgan. Ushbu holat yuzasidan albom qilingan va homiylar taklifi inobatga olingan holda ijtimoiy tarmoqlarda yoritilmagan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga shaxsning qadr-qimmatini kamsitish orqali haqorat qilish va uni obro’sizlantirishga olib keladigan yolg’on axborotni tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatib o’tamiz.