Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 17-yanvardagi VI-67-4-4-58- K/24-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 17-yanvardagi VI-67-4-4-58- K/24-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi

Qamashi tuman Soliq inspeksiyasining xalq deputatlari tuman Kengashining
2024-yil 17-yanvardagi VI-67-4-4-58-K/24-son qaroriga o‘zgartirish kiritish
to‘g‘risidagi bildirish xatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy
davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24-moddasiga asosan xalq
deputatlari tuman Kengashi Qaror qabul qildi.

1. Tuman soliq inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari F.Nabiyevning Xalq deputatlari
tuman Kengashining 2024-yil 17-yanvardagi VI-67-4-4-58-K/24-son qaroriga
o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi (18.01.2024-y 19-00123-son) bildirish xati
ma’qullansin.

2. Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashining 2024-yil 17-yanvardagi
VI-67-4-4-58-K/24-son qarori bilan tasdiqlangan Qamashi tuman mahallalarni
iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab 2024-yilda yuridik va jismoniy shaxslar
uchun belgilangan yer solig‘ining bazaviy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyent
miqdorlari to‘g‘risidagi 1-ilovaning 18-qator (Ibn Sino MFY) 10-ustunidagi “0,8”
sonlari “0,9” sonlari, 11-ustunidagi “21 600 000” sonlari “24 300 000” sonlari, 12-
ustunidagi “80” sonlari “90” sonlari deb o‘qilsin.